Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkmanistonda «qizil darajali» xavf e’lon qilindi. Uning O‘zbekistonga ham ta’siri bor

Turkmanistonda «qizil darajali» xavf e’lon qilindi. Uning O‘zbekistonga ham ta’siri bor

Meteojurnalga ko‘ra, kelayotgan haftaning juma kuniga qadar, Turkmanistonning ko‘plab hududlarida +45 +48 darajalik issiq harorat bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Mazkur issiq havo to‘lqini uzoq muddat deyarli harakatsiz past bosimli o‘ta issiq havo oqimi ta’sirida yuz beradi. «Termik depressiya» deya nom olgan bu havo oqimi kelayotgan hafta O‘zbekiston ob-havosini ham belgilaydi.

Yangi haftaning juma kunlaridan boshlab, Markaziy Osiyoning g‘arbiga Kavkaz, Volgabo‘yi hamda Kaspiy dengizi ustidan shimoli-g‘arbiy sovuq havo oqimining «bostirib» kelishi Turkmaniston shimoli g‘arbi, xususan, O‘zbekistonning shimoliga ham yangi haftaning dam olish kunlari umudbaxsh salqin ob-havoni taqdim etishi kerak, deb yozadi mutaxassis E.Abdulahatov.

Eslatib o‘tamiz, ushbu haftada O‘zbekistonda rekord darajadagi jazirama kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring