Tug‘ilmagan farzandini ming dollarga sotayotgan ayol qo‘lga olindi
Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumanida 32 yoshli ayol tug‘ilmagan, besh oylik farzandini ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, ayolning 3 nafar farzandi bo‘lib, to‘rtinchi farzandini dunyoga keltirishni istamagan. Biroq, keyinchalik ushbu farzandini sotish evaziga mo‘maygina daromad olmoqchi bo‘lgan, ushbu niyatda Uchqo‘rg‘on tumanidan farzandiga talabgor topib, avvalida bola evaziga uy olib berishini talab qilgan.
Talabgor moddiy imkoniyatlari cheklanganligini aytib, ushbu talabni rad qilgan. Keyinchalik bola 1000 AQSh dollariga baholangan va ayol joriy yilning 6 yanvar kuni 500 dollar pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter