To‘ydagi «o‘q uzishlar» montaj bo‘lib chiqdi – IIBB
Internet tarmog‘ida to‘ydagi mehmonlardan biri osmonga qarata to‘pponchadan o‘q uzayotgani aks etgan video tarqaldi.
Mazkur video Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganildi, videodagi odamlarning, xususan, o‘q uzgan kishining shaxsi aniqlandi.
O‘q uzgan kishi – Toshkent viloyatilik 25 yoshli Salixov Ulug‘bek ekanligi ma’lum bo‘ldi. Uning so‘zlariga qaraganda, u qarindoshi bo‘lmish kuyovga to‘y kuni kuyov-jo‘ralik qilgan.
19 sentyabr kuni kuyov va uning do‘stlari Chilonzor tumaniga kelinning uyiga kelishganida, Ulug‘bek keyinchalik «qiziqarli rolik» tayyorlash uchun bozordan sotib olgan o‘yinchoq to‘pponchani osmonga ko‘targan. Shu lahzalar videooperatorlar tomonidan tasvirga tushirilgan.
4 oktyabr kuni kechqurun Ulug‘bekning o‘zi videoni montaj qilib, o‘q uzish tovushlarini qo‘shgan va videoni instagramdagi sahifasiga joylagan. Keyinchalik mazkur videoni internetda tarqatgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter