Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdan Moskvaga uchgan samolyot shoshilinch Urganchga qo‘ndi

Toshkentdan Moskvaga uchgan samolyot shoshilinch Urganchga qo‘ndi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent xalqaro aeroportida qalin tuman tufayli Moskva va Vladivostokdan uchib kelgan samolyotlar Samarqandga yo‘naltirilgani xabar qilingandi. Uzbekistan Airways holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 18 yanvar kuni Toshkent shahar xalqaro aeroportida ob-havo sharoiti keskin yomonlashgani sababli, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining bir nechta reyslari zaxira aeroportlariga jo‘natildi: HY602 Moskva – Toshkent va HY708 Vladivostok – Toshkent reyslari Samarqand zahira aeroportiga yo‘naltirildi.

Ob-havo sharoiti yaxshilanishi bilan ushbu reyslar belgilangan manzilga parvozlarni amalga oshiradi.

Shuningdek, HY761/762 Toshkent-Olmaota-Toshkent, HY709 Toshkent-Minsk-Toshkent, HY423/424 Toshkent-Dehli-Toshkent, HY231/232 Toshkent-Frankfurt-Toshkent, HY9675/9676  Toshkent-Omsk-Toshkent, HY021/022 Toshkent-Buxoro-Toshkent, HY9685/9686 Toshkent-Sochi-Toshkent reyslari kechikib amalga oshirilishi haqida ma’lum qilindi.

HY961 Toshkent – Moskva reysi Toshkentdan jo‘nab ketgandan so‘ng, yo‘lovchining sog‘ligi yomonlashgani sababli Urganch aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Ushbu reys ma’lum vaqtdan so‘ng belgilangan manzil bo‘yicha jo‘nab ketgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring