Toshkentdagi do‘kondan bir yarim oyda 42 mln. so‘mlik sariyog‘ o‘g‘irlandi
Chilonzor tumani IIO FMBga 1-dekabr kuni murojaat kelib tushgan.
Unda ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 15-oktyabrdan 30-noyabr kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, noma’lum shaxs, shu tumandagi do‘konlarning biridan jami 42.320.000 so‘mlik saryog‘ni o‘g‘irlab ketganligi ma’lum bo‘lgan.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan hamda do‘konga haridor sifatida kelib yurgan 33 yoshli Yashnar Yu. aniqlanib, qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter