Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi beshta shirkat mansabdorlari aholining pulini «tuya qildi»

Toshkentdagi beshta shirkat mansabdorlari aholining pulini «tuya qildi»

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazilgan.

Unda «N.n.», «M.s.», «B.s.», «S.k.» va «I.» xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari moddiy javobgar shaxslari hududdagi xonadon egalaridan kommunal to‘lovlari uchun undirilgan jami 413,9 mln so‘mni kirim qilmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring