Toshkentdagi ayanchli YTHda keksa fuqaro halok bo‘ldi

Bugun, 16-avgust kuni Toshkent shahrida odam o‘limi bilan bog‘liq ayanchli YTH kuzatildi.
Xabar.uz manbasiga ko‘ra, noxush hodisa Oqtepa aylanasi yaqinida sodir bo‘lgan. Yo‘ldan o‘tayotgan keksa fuqaroni katta tezlikda kelayotgan qora rangli «Jentra» avtomashinasi urib yuborgan.
Marhumning voqea joyida joni uzilgan.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, «Jentra» rulida avtomashina egasi bo‘lmagan, u mashinasini avtoyuvish shoxobchalaridan birida qo‘yib ketgan bo‘lgan. Hodisa yuzasidan rasmiy xabar berilganicha yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter