Toshkentda yomg‘irdan balkonlar qulab tushdi
Kuchli yog‘ingarchilik kuzatilganligi sababli Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida joylashgan 1963- yilda qurilgan 59-uyning 17-19-xonadonlari balkon qismi qulab tushdi.
Yakkasaroy tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, holat hokimlik, tuman FVB qutqaruvchilari va Toshkent shahar Hududiy uy-joy fondini nazorat qilish inspeksiyasi mas’ullari tomonidan o‘rganilgan.
Xonadon egalariga va uyning ichki qismiga hech qanday zarar yetmagan.
Holat bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan instrumental texnik ko‘rikdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter