Toshkentda yo‘lovchi tashuvchi avtobus mast fuqaroni urib yubordi
Dushanba, 20-noyabr kuni soat 17:37 larda Toshkent shahridagi «8-Avtobus saroyi» filialiga qarashli 82-sonli «Ibn Sino dahasi 1 – Yunusobod dahasi 17» yo‘nalishidagi «Yutong CNG» rusumli avtobus haydovchisi Sh.P. mast fuaroni urib yubordi.
«Toshshahartransxizmat» korxonasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, voqea Olmazor tumani Gulsaroy ko‘chasidan Qorasaroy ko‘chasiga qayrilib olish vaqtida sodir bo‘lgan. Spirtli ichimlik ite’mol qilib olgan 47 yoshli fuqaro H.B. yo‘lning belgilanmagan qismidan to‘satdan yugurib chiqqan va avtobusning o‘ng tomon o‘rta yon qismiga urilgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida fuqaro tan jarohati olgan va voqea joyiga tez tibbiy yordam chaqirilgan. Fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.
Piyodalardan yo‘llarda harakatlanayotgan vaqtlarida yo‘l-harakati qoidalariga rioya qilishlari va yo‘llarni kesib o‘tishda e’tiborli bo‘lishlari so‘ralmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter