Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda YTH sodir bo‘ldi. Jabrlanganlar bor

Toshkentda YTH sodir bo‘ldi. Jabrlanganlar bor

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Bugun, 4-oktyabr kuni soat 17:00 lar atrofida, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, TXAY ko‘chasida joylashgan «Turkiston» to‘yxonasi yaqinida YTH sodir bo‘ldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi, 1994-yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvidagi «Lasetti» hamda haydovchi, 2000-yilda tug‘ilgan S.G‘. boshqaruvidagi «Nexia» rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lib, «Nexia»da yong‘in yuzaga kelgan.

Natijada «Nexia» rusumli avtomobil yo‘lovchilaridan biri tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.

Yuzaga kelgan yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, to‘qnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring