Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda vafot etgan o‘quvchi ishi bo‘yicha tergov boshlandi

Toshkentda vafot etgan o‘quvchi ishi bo‘yicha tergov boshlandi

Foto: Xabar. uz

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi umumta’lim maktabida  o‘quvchi tok urishidan vafot etgani aytilgandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra,  sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 186 (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) va 207 (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda tergov olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz,  o‘quvchi maktabning 8-sinfida tahsil olgan. Dastlab uni tok urgani inkor etilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring