Toshkentda vafot etgan o‘quvchi ishi bo‘yicha tergov boshlandi
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi umumta’lim maktabida o‘quvchi tok urishidan vafot etgani aytilgandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 186 (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) va 207 (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda tergov olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘quvchi maktabning 8-sinfida tahsil olgan. Dastlab uni tok urgani inkor etilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter