Toshkentda «uchar» BMW ikki kishining boshiga yetdi
Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasida mudhish YTH sodir bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga ko‘ra, «BMW» mashinasi katta tezlikda harakatlanib, boshqaruvni yo‘qotadi va qarama-qarshi yo‘nalishga uchib o‘tib, o‘z yo‘lida kelayotgan «Nexia 3»ning tepa salon qismiga uriladi va ikki kishini halok qiladi.
Rasmiy xabarga ko‘ra, 2022-yil 9-oktyabr kuni soat 20:30 larda Toshkent shahar Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasi, 79-uy qarshisida haydovchilar — 1981-yilda tug‘ilgan V.Sh. boshqaruvidagi 01 L 785 LB bo‘lgan «Nexia 3»; 1992-yilda tug‘ilgan R.M. boshqaruvidagi 10 M 666 PA bo‘lgan «BMW»; 1992-yilda tug‘ilgan T.I. boshqaruvidagi 01 Z 292 GB bo‘lgan «Nexia 3», 1999-yilda tug‘ilgan B.A. boshqaruvidagi 30 E 701 UA bo‘lgan «Lacetti» rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Hodisa natijasida «Nexia 3» rusumli avtomashina (01 Z 292 GB) haydovchisi va yo‘lovchisi olgan tan jarohati natijasida, voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 266-moddasi 3-kismi bilan jinoyat ishi kuzgatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter