Toshkentda tunda ikkita kafe yonib ketdi
Kecha, 27 iyundan 28 iyunga o‘tar kechasi Toshkent shahrida ikkita kafe yonib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar berib o‘tgan.
Xabarda aytilishicha, dastlabki yong‘in soat 20:41da Olmazor tumani, Qoraqamish 1 ko‘chasida joylashgan «Shabboda» nomli kafeda ro‘y bergan. Kafening ichki va tom qismida 350 kv.m. maydon yongan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 20:49da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida yong‘in soat 21:08 qurshab olinib, 21:18da o‘chirilgan. Yong‘in joyiga 8 ta o‘chirish texnikasi jalb qilingan.
Yong‘in olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish oqibatida sodir bo‘lgan, deb tahmin etilmoqda. Keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Insonlar halok bo‘lishi va tan jarohati olishi holatlari qayd etilmadi.
Poytaxtdagi yana bir yong‘in Yashnobod tumani, S.Mashxadiy ko‘chasidagi «U Arkadiya» kafesida sodir bo‘lgan. Yong‘in soat 21:25da boshlangan va voqea joyiga 4 ta yong‘in-kutqaruv bo‘linmalari yetib borib, tezkor harakatlar natijasida soat 21:55da o‘chirilgan. Olovdan kafening 40 kv.m. maydonidagi tom qurilish qismi yonib, zararlangan.
Yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo‘lgan, deb tahmin qilinmoqda. Keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Insonlar halok bo‘lishi va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter