Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda Tesla ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 

Toshkentda Tesla ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 

Chilonzor tumanida Tesla va Lacetti ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Joriy yilning 5 may kuni soat 07:50 larda Chilonzor tumani Furqat ko‘chasi Magic city qarshisida 2 ta avtomashina ishtirokida YTH kuzatildi.

Haydovchilar, 1989 yilda tug‘ilgan O.T. boshqaruvida bo‘lgan Tesla rusumli avtomashina va 1996 yilda tug‘ilgan X.A. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.

YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring