Toshkentda sodir bo‘lgan yong‘inda uy egasi halok bo‘ldi

Bugun, 14-yanvar kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashagan Y.P. (ismli ayol)ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.
Oqibatda uyning 4 kv.m maydonida divani yonib, zarar ko‘rgan. Shu bilan birga, Ye.P.ning kuygan holdagi jasadi topilgan va uning uyida mehmonda bo‘lgan qo‘shnisi N.R. (ismli ayol) tutundan zaharlanib, kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Aniqlanishicha yong‘in Y.P. mast holda sigareta chekib, uxlab qolishi oqibatida kelib chiqqan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter