Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda qo‘poruvchilik sodir etishni rejalashtirganlar ushlandi (foto)

Toshkentda qo‘poruvchilik sodir etishni rejalashtirganlar ushlandi (foto)

Foto: Toshkent shahar IIBB

Ular «KTJ»ning Suriyadagi mas’ullaridan biri «Abu Axmad uzbekiy» tomonidan boshqarilgan bo‘lib, guruh a’zolari poytaxtdagi ma’muriy binolar, aholi gavjum jamoat joylarida qo‘poruvchilik harakatlari sodir etishni rejalashtirganlar hamda terrorchilik tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirib kelishgan.

2022-yilda «Islom davlati» (ID) va «Tavxid va jixod katibasi» (TJK) xalqaro terrorchilik tashkilotlari (ushbu tashkilotlar faoliyati O‘zbekiston, RF, AQSh va ko‘plab Yevropa davlatlari hududida taqiqlangan) jangarilariga aloqador 4 ta yashirin guruh, yakka tartibda radikallashib, ekstremistik tashkilot va oqimlar g‘oyalarini targ‘ib qilib kelgan 10 ta «virtual» guruh hamda 250 nafar ekstremistik guruh a’zolari aniqlanib, ularning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi, deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.

Mazkur shaxslar yashab turgan manzillarida ekstremistik va terrorchilik tashkilotlarining g‘oyalarini targ‘ib qilish, yangi rekrutlarni (nomzodlar) yollab jangarilar lagerlariga yuborish, terrorizmni moliyalashtirish hamda qo‘poruvchilik harakatlarini sodir etishga undash bilan shug‘ullanib kelganlar.

Xususan, 2022-yilning boshida Toshkent shahrida 27 nafar shaxsdan iborat  yashirin ekstremistik guruh faoliyatiga chek qo‘yilgan bo‘lib, guruhning ayrim a’zolari jangovar harakatlar yuz berayotgan hududlarga borishni rejalashtirgan va xalqaro terrorchilik guruhlarini moliyalashtirish bilan shug‘ullanib kelganlar. Hozirgi vaqtda IIV Tergov Departamenti tomonidan ushbu gurhning 11 nafar a’zolariga nisbatan JKning 216, 2441 va 2442-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, olib borilgan tezkor-tergov harakatlari davomida, Toshkent viloyatida yashovchi, 2001 y.t. «A.Sh.» qo‘lga olinib, u Suriya hududidagi faoliyat olib borayotgan «TJK» xalqaro terrorchilik tashkiloti g‘oyaviy rahnamosi A.Xamrabuvayevning (taxallusi «Axluddin Navkotiy», Kirg‘iziston fuqarosi) ko‘rsatmasi asosida, Toshkent shahrida yashovchi 9 nafar shaxslardan iborat yashirin jamoat tashkil etgan bo‘lib, ularning ayrimlari Suriyadagi jangarilar safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan.

Shuningdek, Toshkent shahrida yashovchi, 18-27 yosh oralig‘idagi, ayrimlari maktab o‘quvchilari hisoblangan 10 nafar shaxslardan iborat «TJK»ning 2 ta yashirin guruhi aniqlangan. Ushbu guruhlar faoliyati «KTJ»ning Suriyadagi mas’ullaridan biri «Abu Axmad uzbekiy» tomonidan boshqarilgan bo‘lib, guruh a’zolari poytaxtdagi ma’muriy binolar, aholi gavjum jamoat joylarida qo‘poruvchilik harakatlari sodir etishni rejalashtirganlar hamda terrorchilik tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirib kelishgan.

Kechiktirib bo‘lmaydigan tezkor-tergov tadbirlar natijasida guruh a’zolaridan qo‘lbola portlovchi qurilma tarkibiy qismlari va niqoblovchi buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Niqoblovchi buyumlar va portlovchi qurilma qismlari:

Guruh a’zolariga nisbatan IIV Tergov Departamenti tomonidan JKning 155, 2441 va 2442-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring