Toshkentda «Nexia» ikkiga bo‘linib ketdi. Qurbon bor
Bugun, 11 may kuni soat 07:30 larda Yangihayot tumani Toshkent aylanma yo‘lida ayanchli YTH sodir bo‘ldi.
Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, 2000 yilda tug‘ilgan A.A. «Nexia 2» rusumli avtomashinasida boshqaruvni yo‘qotib, beton sim yog‘ochga urilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Natijada avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter