Toshkentda mast va hujjatlari yo‘q haydovchi og‘ir YTHga uchradi

2021-yil 24-may kuni taxminan soat 00:15 larda Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari kesishmasida 1989-y.t. Shoxrux Sh. «Epica» rusumli avtomobilda mast holatda harakatlanib, boshqaruvni yo‘qotgan va transport vositasi ag‘darilib ketgan.
«Voqea joyida haydovchilik guvohnomasi va transportni boshqarish huquqini beruvchi boshqa hujjatlar aniqlanmagan, hozirda ularni aniqlash choralari ko‘rilmoqda.
YTH natijasida avtomobil haydovchisi, shuningdek uning yo‘lovchilari – 1990-y.t. Sardor N. va 1988-y.t. Sanjar R. turli darajadagi tan jarohatlari bilan tibbiyot muassasasiga joylashtirilishgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda», deyiladi IIBB xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter