Toshkentda lift qulashining sababi ochiqlandi
Kuni kecha Toshkentda lift qulashi oqibatida 11 kishi jabrlangandi. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi holat yuzasidan o‘rganish ishlari natijasini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, holat sodir bo‘lgan Yangihayot tumani, «Yangi Darxon» MFYda joylashgan 17-sonli 16 qavatli uy 2023-yil aprel oyida foydalanishga topshirilgan.
Mazkur holatni birlamchi o‘rganish davrida ko‘p qavatli uyda Turkiya korxonasi tomonidan 2022-yilda ishlab chiqarilgan, yuk ko‘tarish quvvati 1 000 kg bo‘lgan lift 16-qavatdan 1-qavatga harakatga kelgach, tezlikni nazorat qiluvchi, ya’ni to‘xtash lozim bo‘lgan etajga yaqinlashganda lift kabinasini sekinlatuvchi (datchik zamedleniya) qurilmasi nosozligi sababli tezlik kamaymagani va 1-qavatga yaqinlashganda liftning avtomatik tormoz tizimi ishga tushib to‘xtagani hamda tezlik kamaymagani tufayli shaxtada o‘rnatilgan bufer qismiga kelib urilgani taxmin qilindi.
Lift to‘xtagandan so‘ng mazkur mavzedagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi injenering kompaniyasi «Premium Promotion» MChJning liftlarga xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislari tomonidan eshikni ochib liftdan taxminan 11 kishini chiqarib olgan, bulardan 3 kishi turli xil sinishlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda, Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan mazkur mavzedagi «dom»larga xizmat ko‘rsatuvchi injenering kompaniyasi «Premium Promotion» MChJning rahbariyati tomonidan mazkur mavzedagi barcha liftlarni qayta navbatdan tashqari texnik ko‘rikdan o‘tkazish va liftlarning tezligini nazorat qiluvchi, ya’ni sekinlatuvchi (datchik zamedleniya) qurilmalarini qayta ko‘rikdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, inspeksiya mutaxassislari tomonidan Toshkent shahri va viloyatlardagi ko‘p qavatli uylarda o‘rnatilgan lift qurilmalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish ishlari boshlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter