Toshkentda Lacetti yosh bolani urib yubordi

Toshkent shahar Sergeli tumanida Lacetti yo‘ldan o‘tayotgan yosh bolani urib yubordi. YHXB holat yuzasidan ma’lumotlarni taqdim etdi.
Unga ko‘ra, 4 iyul kuni soat 19:30 larda haydovchi 1998 yilda tug‘ilgan S.S. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib, Sergeli tumani Mirzo Tursunzoda ko‘chasida, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda — 2011 yilda tug‘ilgan O.S.ni urib yuborgan.
Natijada piyoda O.S. turli tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter