«Andijonda GAI xodimlari bilan janjal» videosiga izoh berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Andijonda GAI xodimlari bilan janjal» sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 9-aprel kuni soat 19:30larda, Andijon viloyati IIB YHXB YPX xodimi A.Maxmudov tomonidan Andijon shahar, Cho‘lponshoh ko‘chasida «Neksiya-3» rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, yon oynalari tegishli ruxsatnomasiz, old oynasi esa tusini o‘zgartirish mumkin bo‘lmasada tusi o‘zgartirilganligi (tonirovka) aniqlangan.
Belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtirilishi vaqtida, haydovchi, 1992-yilda tug‘ilgan A.Sh.ning YPX xodimiga ko‘rsatgan faol qarshiligi atrofda fuqarolar to‘planishiga sabab bo‘lgan.
PPX va Milliy gvardiya xodimlari yordamida yuzaga kelgan nizoli vaziyat bartaraf etilib, o‘rnatilgan tartibda ma’muriy bayonnoma tuzilgan va avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB tomonidan qo‘shimcha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter