Toshkentda «dong‘i» ketgan «Shuhrat – Dombrabadskiy» ushlandi
2018-yil 8-iyun kuni xalq orasida «Shuhrat – Dombrabadskiy» (do‘mbirobodlik Shuhrat) nomi bilan tanilgan Shuhratilla Nosirov va uning akasi Shavkat Nosirovga nisbatan Toshkent shahar Chilonzor tumani IIB tomonidan O‘zbekiston JKning 145-(vijdon erkinligini buzish), 227-(hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish), 228-(hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 165-(tovlamachilik) moddalari bo‘yicha jinoiy qo‘zg‘atildi.
Aka-uka Nosirovlar shu kunning o‘zida ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan ushlangan. Ayni vaqtda ularga nisbatan jinoiy ish doirasida tergov ishlari davom etmoqda.
Ma’lum qilinishicha, 1990-yillar boshida Nosirov Shuhrat uyushgan jinoiy guruh tashkil etgan. Bu guruh reket va boshqa zo‘ravonliklarga tayangan jinoyatlarni sodir etish bilan shug‘ullangan. U 1994-yili mavjud dalillar asosida 16 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Jazoni ijro etish muassasasi tartibini buzgani uchun 2 marta muddati uzaytirilgan, 2016-yil avgustida ozodlikka chiqarilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter