Shuhrat Abdurahmonovga biryo‘la ikki o‘rinbosar tayinlandi
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovga ikki o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hokimning moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga Tursunov Otabek Ravshanbek o‘g‘li tayinlandi.
Tayinlovga qadar Otabek Tursunov Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Nishonov Mahamadjon Sodiqjonovich tayinlandi.
Tayinlovga qadar Mahamadjon Nishonov Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter