Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda bir kunda beshta bola o‘g‘irlangani bo‘yicha xabar izohlandi

Toshkentda bir kunda beshta bola o‘g‘irlangani bo‘yicha xabar izohlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda «27.04.2022 yilda Toshkent shahrida beshta bola o‘g‘irlangan», deb boshlanuvchi xabarlar tarqalmoqda.

Toshkent shahar IIBB ma’lumotiga ko‘ra, mazkur xabar yolg‘on bo‘lib, poytaxtda bola o‘g‘irligi qayd etilmagan.

«Har qanday ma’lumotni tarqatishdan oldin rasmiy tashkilotlardan ma’lumot olishni tavsiya etamiz. Unutmang! Yolg‘on xabar tarqatganlik uchun javobgarlik bor!», deyiladi IIBB xabarida.

Hozirda bu kabi yolg‘on xabarlarni tarqatayotgan shaxslar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring