Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ayanchli YTH sodir bo‘ldi (foto)

Toshkentda ayanchli YTH sodir bo‘ldi (foto)

Bugun, 29 fevral kuni tongda Toshkent shahrida yo‘lovchi avtobusi va «Treker 2» avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

«Xabar.uz»ga ma’lum qilinishicha, avtobus Yangi O‘zbekiston - Jasorat ko‘chalari kesishmasida qarama-qarshi tomondan kelayotgan «Treker 2» avtomobiliga yo‘l bermagani oqibatida to‘qnashuv yuz bergan. «Treker» katta tezlikda harakatlangani aytiladi.

Yengil avtomobil haydovchisi shifoxonaga olib ketilgan, avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan.

Aytishlaricha, «Treker 2» haydovchisi shifoxonada vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring