Toshkentda avtobus YTHga uchradi, haydovchi shifoxonaga yotqizilgan
![Toshkentda avtobus YTHga uchradi, haydovchi shifoxonaga yotqizilgan](https://static.xabaruz.com/crop/1/3/720_460_95_1328287999.jpg)
Toshkentda yo‘lovchi avtobusi YTHga uchradi, haydovchi jarohat oldi. «Toshshahartransxizmat» AJ voqea tafsilotlarini ma’lum qildi.
14-avgust kuni 184-sonli avtobus haydovchi I.B boshqaruvidagi avtobus Yangihayot tumani, THAY bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda, «Atlant qirilish mollari do‘koni» oldida avtobus bilan bir yo‘nalishda harakatlanayotgan tirkamali yuk mashinasi avtobusning yo‘nalishiga halaqit berishi natijasida, haydovchi avtobusni avval o‘ng tarafdagi stolbaga, so‘ng yo‘lni ajratuvchi betonli to‘siqga urilgan.
Mazkur yo‘l-transport hodisasi natijasida avtobusdagi yo‘lovchilar jarohatlanmagan, haydovchi o‘ng oyoq tizza pasini lat yeyish tan jarohati bilan 16-sonli Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish markaziga yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter