Toshkentda avtobus ishtirokidagi YTHda piyoda halok bo‘ldi
6-yanvar kuni Toshkentda Isuzu avtobusi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Natijada bir kishi vafot etgan.
«Toshshahartransxizmat» xabariga ko‘ra, yo‘l qatnov qismining birinchi bo‘lagi (polosa) da harakatlanayotgan piyoda to‘satdan avtobus tomonga muvozanatini yo‘qotib yiqilgan va yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan (Ushbu holat aks etgan video avtobusning orqasida harakatlanib ketayotgan avtomobilning videoregistratoridan olindi).
Natijada piyoda voqea joyida vafot etgan. Dastlabki xulosaga ko‘ra piyoda mast holatda bo‘lgan.
Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda. «Toshshahartransxizmat» AJning Harakat xavfsizligini nazorat etish bo‘limi tomonidan xizmat surishtiruvi o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter