Toshkentda «300 ming» so‘mlik fohishaxona fosh etildi
Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan, «Yan» ismli shaxs moddiy manfaat evaziga jinsiy aloqa qilish uchun xonadon taqdim etayotgani haqida ma’lumot olingan.
2018-yilning 2-fevral kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida «Yan», keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, 1993-yilda tug‘ilgan I.A.A. Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 300 000 so‘m pul evaziga fuqaro «A» va «F» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter