«Fohishaxonalarni yopish imkonimiz bor, lekin nega yopmaymiz?» (video)
«Mahalla» telekanalining «Minbar» tok-shousida giyohvand moddalarning tarqalishi bilan bog‘liq dolzarb masala ko‘tarilgan. Unda qatnashgan advokat Amrullo Ahmedov buning ayrim sabablariga to‘xtalib o‘tgan.
«Agar huquqiy tomondan oladigan bo‘lsak, fohishaxonalar bormi bizda? Nima uchun yopmaymiz? Bizda bularni yopish imkoni bor, bitta tadbir e’lon qilinib, hammasini yopishimiz mumkin. Uni yopmaymiz, chunki foyda keltiradi», degan advokat.
Advokatning shu joygacha aytganlari qirqilib, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan va noto‘g‘ri talqin qilingan. Ya’ni yurist aytgan asosiy muammo qolib, hamma uni muhokama qilib ketgan.
Ahmedovning fikriga ko‘ra, fohishaxonalarda giyohvand moddalari ataylab tarqatiladi, oldi-berdisi bo‘ladi. Shu tariqa narkotiklar bozori chaqqonligi tushuntirilgan.
«Telefonda muloqot bo‘lyapti, ayni u tomondan (fohishaxonadan — tahr.) agar o‘sha giyohvandlik moddasini olib keladigan bo‘lsang, mening xizmatim sen uchun bepul bo‘ladi, deyapti. U (mijoz — tahr.) boryapti, qaysidir joydan moddani olib kelib, kirayotgan paytda tadbir bo‘lyapti va ushlanyapti. Nega bu narsaga ochiq-oydin yo‘l qo‘yib beryapmiz? Qaysidir talaba yo o‘g‘limizga shu moddaga moyillik yaratib beryapmizmi? U giyohvandlik moddasini topolmayman, desa, u yerdagilar (fohishaxonadagilar — tahr.) senga Telegram botini aytaman, o‘shandan olib kelgin, deyapti», deya tushuntirgan advokat.
Advokat «bu mijoz oxir-oqibat ichki ishlar tizimida maxsus arizachi bo‘lib chiqqach, bu holatni qanday tushunishimiz kerak?», deya savol tashlagan.
Hozircha Ichki ishlar vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi (DBQ) bunga rasmiy izoh berganicha yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Xabar.uz sayti ayni shu masalaga to‘xtalib, giyohvandlik moddalari dorixonalargacha yetib kelayotganini tanqid qilgandi. Hozirgacha DBQ bunga izoh bermagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter