Toshkentda 1 yoshga to‘lmagan qizcha 15 soat operatsiya qilindi
Oshqozon osti bezidagi o‘simtani olib tashlash eng qiyin jarrohlik amaliyotlaridan sanaladi. Uning murakkabligi shundaki, operatsiyadan so‘ng bemorda og‘ir asoratlar qolishi, hatto, o‘lim holatlari kuzatilishi mumkin, deyiladi SSV xabarida.
Qayd etilishicha, kuni kecha poytaxtimizdagi Bolalar Milliy tibbiyot markazida turkiyalik mohir jarroh bilan hamkorlikda mamlakatimizda ilk bor oshqozon osti bezidagi o‘simtani olib tashlash operatsiyasi muvaffaqiyatli bajarildi.
O‘n besh soatdan ortiq davom etgan amaliyotdan so‘ng hali bir yoshga ham to‘lib ulgurmagan jajji qizaloqning hayoti saqlab qolingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter