Toshkent viloyatida qimmatbaho daraxtni kesganlar ushlandi (foto)

Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan 31-yanvar kuni navbatdagi tezkor reyd o‘tkazildi.
Viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiya boshlig‘i Lazizbek Hasanovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, Toshkent viloyati Ohangaron tumani Eyvalik hududida bir guruh fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda bir dona qimmatbaho daraxt – qayrag‘och kesilishi bilan bog‘liq holat aniqlandi.
Tezkor tadbir davomida beshta qayrag‘och daraxtining saqlanib qolinishiga erishilgan.
O‘zbekiston Respublikasi MJtK 79-modda 1-qismi bilan 1 mln 350 ming so‘m jarima hamda o‘simlik dunyosiga 118 mln 705 ming so‘m zarar hisoblandi.
Ayni damda surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar Ohangaron tumani IIBga topshirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter