To‘pponchada odam otgan shaxs qamoqqa olindi
Joriy yilning 13-noyabr kuni soat taxminan 21:00larda Toshkent viloyati Piskent tumani «Lolaariq» mahallasi hududida 1961-yilda tug‘ilgan A.T. tanishi 1990-yilda tug‘ilgan A.U.ni, o‘rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida noma’lum rusumli o‘q otar qurolidan otib jarohatlab, voqea joyidan yashiringan.
Natijada A.U. «Qorinning o‘ng tomon pastki qismini o‘q-otar qurolning o‘qi teshib kirishi, qorin bo‘shlig‘i ichki a’zolarining jarohatlanishi» tashhisi bilan Piskent tumani tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan.
Ko‘rilgan tezkor-qidiruv tadbirlari jarayonida jinoyatni sodir etishda gumonlangan A.T. qo‘lga olinib, voqea joyidan ro‘yxat raqami o‘chirilgan, kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan 9mm PM jangovar to‘pponchasi, ikki dona o‘q hamda bir dona otilgan gilza daliliy ashyo sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 97-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda qamoqqa olingan.
Noma’lum o‘q otar qurolini kelib chiqishi hamda boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter