To‘palang GES boshlig‘i voqea joyidan emas, suv omboridan turib bayonot berdi (video)
«To‘palang GES» unitar korxonasi direktori Asror Ulug‘ov va Favqullodda vaziyatlar vazirligi mas’ul xodimi holat yuzasidan suv toshgan GESdan emas, suv omboridan turib, munosabat e’lon qildi.
«Mana soat 10:28da suv omboridan to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’lumot bermoqdaman. Suv omboridan chiquvchi daryomiz 600 metr kubga mo‘ljallangan va bu yerdan hozir 167 metr kub suv oqmoqda. Hech qanaqa vahimaga hojat yo‘q. GESdagi holat bo‘yicha ishlar olib borilyapti, bir-bir yarim soat vaqt ichida muammo bartaraf etiladi.
Suv ombori sig‘imi 500 million metr kubni tashkil etadi va hozir 378 million kub suv mavjud» — deydi korxona direktori.
Favqullodda vaziyatlar vazirligi mas’ul xodimi Rahmonov esa suv ombori texnik holati joyida ekanini yana bir bor qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FVV To‘palangdagi holat bo‘yicha ilk bayonot bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter