Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistonda yana zilzila sodir bo‘ldi. Uning silkinish kuchi O‘zbekistonda sezilmadi

Tojikistonda yana zilzila sodir bo‘ldi. Uning silkinish kuchi O‘zbekistonda sezilmadi

Bugun, 23 mart kuni, Toshkent vaqti bilan 01:36 da (22.03.2023 yil, Grinvich bo‘yicha 20:36 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Zilzila koordinatalari: 39,38 gradus shimoliy kenglik; 69,8 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,9. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 215 km janubiy-sharqda.

Ushbu zilzila kuchi O‘zbekistonda sezilmadi. Bu silkinish bir necha daqiqa avvalgi zilzilaning «qaytishi» (aftershok) bo‘lishi mumkin. Chunki epitsentr deyarli bir hududda bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring