Terrorchilik harakatlariga qarshi «Jayron» mashg‘ulotlari o‘tkazildi
Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan poligonda Yevropa ittifoqining kimyoviy, biologik, radiaktiv, yadroviy markazi tashabbusi hamda tashkilotning ilg‘or tajribasiga asoslangan holda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi rahbarligida terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha «Jayron» dala o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Ommaviy qirg‘in qurollariga ega shartli terrorchilarni qo‘lga olishda hamkorlikdagi harakatlar amalga oshirilgan mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi idoralarining harbiy xizmatchi va xodimlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari hamda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi xodimlari ishtirok etdilar.
Milliy gvardiya rahbarligida o‘tkazilgan ushbu o‘quv mashg‘uloti xalqaro ekspertlar tomonidan kuzatib borildi va ishtirokchilarning tezkor harakatlariga yuqori baho berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter