Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Termizdagi portlashga nima sabab bo‘lgani aniqlandi

Termizdagi portlashga nima sabab bo‘lgani aniqlandi

Bugun, 8-aprel kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan ko‘pqavatli uylarning birida portlash sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati hodisa tafsilotlarini «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, baxtsiz hodisa «Do‘stlik» mahallasidagi 10-uyning yerto‘lasidagi penoplastdan tayyorlangan buyumlar, hojatxona qog‘ozlari va boshqa mahsulotlar saqlanadigan omborda sodir bo‘lgan va uning oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan.

8 aprel kuni soat taxminan 11:30larda «Do‘stlik» mahallasi, A.Navoiy ko‘chasi, 10-uy yer to‘lasida fuqaro I.B.ga tegishli bo‘lgan «Fasad Diyor» MChJga qarashli yerto‘laga I.B.ning amakisi I.R. va fuqaro R.A. bilan birgalikda omborxonada saqlanayotgan hojatxona qog‘ozi va boshqa tovarlarni ko‘zdan kechirish maqsadida yerto‘laga tushishgan. Yerto‘la qorong‘i bo‘lgani sababli elektr chirog‘ini yoqqan vaqtda yer to‘lada to‘plangan is gazi va elektr energiyasining o‘zaro kimyoviy reaksiyasi natijasida portlash holati kelib chiqqan. 

Natijada, xodisa joyida bo‘lgan fuqarolar I.R. va R.A. vafot etgan.

Hodisa joyiga viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari, viloyat IIB boshlig‘i, Termiz shahar prokurori va boshqa tezkor tergov guruhi a’zolari chiqishgan. 

Ushbu holat yuzasidan hozirda viloyat prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring