Tayvandagi zilzilada halok bo‘lganlar soni oshdi

Tayvanda sodir bo‘lgan zilzila oqibatida qurbon bo‘lganlarning soni 9 nafarga yetdi, 266 kishi jarohatlandi. Favqulodda vaziyatlar tezkor markazining xabarlariga ko‘ra, 62 kishi aloqaga chiqmagan va yo‘qolgan deb hisoblangan.
Avvalroq, halok bo‘lganlar soni 6 nafar, jarohatlanganlar esa 260 nafarligi haqida xabar berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, mahalliy vaqt bilan soat 23:50 da qayd etilgan 6,5 ballik zilzila oqibatida 5 ta bino qulab tushdi. Zilzila o‘chog‘i 11 kilometr chuqurlikda joylashgani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter