«Suvmash»da yong‘in chiqdi
Toshkentning shahrining Bektemir tumanida joylashgan «Suvmash» chiqindilarni qayta ishlash zavodi hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV rasmiy telegram-kanalida xabar berildi.
Xabarda aytilishicha, bugun, 20-oktyabr kuni soat 18:04 da Bektemir tumanining Husayn Boyqaro ko‘chasida joylashgan «Suvmash» chiqindilarni qayta ishlash zavodi hududida yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 18:08 da yetib borgan, yong‘in soat 18:26 da qurshab olinib, soat 18:38 da batamom o‘chirilgan.
Yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter