Surxondaryoda ikki go‘zallik saloni ishchilari o‘rtasida janjal yuzaga keldi
2020-yilning 9-noyabr kuni soat 11:00 da Qiziriq markaziy dehqon bozori orqa tomonida joylashgan «Shadozi» nomli go‘zallik saloni binosida bir guruh ayollarning janjali oqibatida ularning uch nafari jarohatlandi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berishicha, ushbu salonda ishlovchi 37 yoshli Zulfiya Sh., 22 yoshli Parinoz N., 20 yoshli Sarvinoz A., 17 yoshli Soxiba T. hamda go‘zallik saloni yonida joylashgan «Diana» go‘zallik saloni ishchisi 39 yoshli Matluba M. va uning qizi 18 yoshli Shaxzodabonu N. o‘zaro janjallashishgan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 22 yoshli Parinoz N., 20 yoshli Sarvinoz A. va 17 yoshli Soxiba T. «yengil» tan jarohati olganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qiziriq tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan fuqaro Matluba M. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter