Surxondaryoda navbatdagi yer silkinishi ro‘y berdi
O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 24.11.2023 16:38 da (24.11.2023 yil, Grinvich bo‘yicha 11:38 da) zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Epitsentr: Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani. Zilzila koordinatalari: 37,56 gradus shimoliy kenglik; 67,87 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,8. Chuqurlik 5 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 428 km janubiy-g‘arbda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Jarqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 37 km.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha ushbu hududda to‘rt bor zilzila qayd etilgandi. Shuningdek, Samarqandda yer qimirlagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter