Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryo ayanchli YTH: ikki kishi halok bo‘ldi

Surxondaryo ayanchli YTH: ikki kishi halok bo‘ldi

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

3-oktyabr kuni Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tuvchi M-41 avtomobil yo‘lida 1999-yilda tug‘ilgan S.S. tegishli hujjatlarsiz «Neksiya» rusumli avtomobil tezligini me’yoridan oshirgan holda «Jarqo‘rg‘on-Termiz» yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotgan bo‘lgan. So‘ngra u quvib o‘tish qoidalariga amal qilmasdan qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1963-yilda tug‘ilgan R.Sh. boshqaruvidagi avtobus bilan to‘qnashgan.

Natijada, «Neksiya» haydovchisi S.S. va ushbu avtomobil yo‘lovchisi 1999-yilda tug‘ilgan O.R.lar og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

Mazkur YTH yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring