Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SSV Toshkentdagi egizaklarning o‘limi yuzasidan izoh berdi

SSV Toshkentdagi egizaklarning o‘limi yuzasidan izoh berdi

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahridagi 6-sonli tug‘uruqxonada egizak chaqaloqlar vafot etgani xabar berildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holat bo‘yicha tushuntirish berdi. 

Aniqlanishicha, bemor D.Sh. egizak homiladorlikning og‘ir asoratli kechishi tufayli poytaxtimizdagi 6-sonli tug‘uruq kompleksiga joriy yil uch marotaba (4-11-aprel, 29-may-5 iyun va 13-17-iyun kunlari) yotqizilgan va homilaning surunkali tushish xavfi bilan davolangan.

Ayolda homilani saqlash bo‘yicha olib borilgan statsionar va ambulator muolajalarga qaramay, 2023 yil 22 iyun kuni to‘rtinchi marotaba tez tibbiy yordam xizmati avtomashinasi orqali ushbu tug‘uruq muassasasiga shoshilinch ravishda olib kelingan.

Unga «Homiladorlik-1. Egizak. Erta tug‘uruqning boshlanishi. Homila ichki infeksiyasi. Kam suvlik» tashxisi qo‘yilgan.

2023-yil 22-iyun kuni soat 21.45 da ayolda erta tug‘uruq kuzatilgan. Asoratli tug‘uruq belgilari bilan og‘ir darajadagi chalalik, chuqur asfiksiya, sust yurak urishi bilan 660,0 gr., 33 sm. uzunlikdagi qiz jinsli chaqaloq tug‘ilgan. Biroq shifokorlar tomonidan o‘z vaqtida olib borilgan yurak-o‘pka reanimatsiyasi muolajalari samara bermagan.

Ikkinchi qiz jinsli o‘lik chaqaloq 15 daqiqadan so‘ng asoratli tug‘uruq belgilari bilan og‘ir darajadagi chalalik, o‘lik homilaning bachadonda ko‘ndalang joylashuvi, 560,0 gr., 31 sm. uzunlik ko‘rsatkichlari bilan tug‘ilgan, deyiladi xabarda.

Shundan so‘ng yo‘ldosh gistologiya tekshiruviga yuborilgan.

Bemor D.Sh.ning qarindoshlari tomonidan yozma ravishda imzolangan tilxatda tibbiyot xodimlariga e’tirozi yo‘qligi va patanatomik tekshiruvga qarshiligi to‘g‘risidagi qat’iy talabi tufayli o‘ta kam vaznli (660,0 va 560,0 gr.) chaqaloqlarni patanatomik tekshiruvdan o‘tkazish imkoni bo‘lmadi, deya izoh beradi vazirlik.

Ayol 2023-yil 23-iyun kuni qoniqarli ahvolda shifoxonadan chiqarilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring