Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Spark» bilan «Kamaz» to‘qnashuvi fojia bilan tugadi (foto)

«Spark» bilan «Kamaz» to‘qnashuvi fojia bilan tugadi (foto)

2020-yil 6-sentyabr kuni taxminan soat 06:00 larda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Xamza MFY hududidan o‘tgan 4R-148B avtomobil yo‘lining 5-kilometrida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

1991-yilda tug‘ilgan haydovchi S.F. «Spark» rusumli avtomobilda harakatlanayotib, boshqaruv vaqtida uxlab qolgan va qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan. Natijada qarshisidan kelayotgan 2001-yilda tug‘ilgan haydovchi B.B. boshqaruvidagi «Kamaz-53212» rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida «Spark» rusumli avtomobil haydovchisi 29 yoshli S.F. va uning yo‘lovchisi 1991-yilda tug‘ilgan A.N.lar og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan.

Mazkur YTH yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Barcha haydovchilardan charchoq holatida transport vositasini boshqarmaslik, o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymaslik so‘raladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring