Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«IIB xodimi va bankir» pora bilan qo‘lga tushdi

«IIB xodimi va bankir» pora bilan qo‘lga tushdi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro N.X. fuqaro M.ga o‘zini Toshkent shahar IIB xodimi deb tanishtirib, sud organlarida ishi ko‘rilayotgan turmush o‘rtog‘i B.ni 1 500 AQSh dollari evaziga ozodlikka chiqarib berishni va’da qilib, shundan 1 000 AQSh dollarini olib, yana 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, N.X. boshqa bir fuqaro N.Q.ga Toshkent shahrida bank filialida ishlashini aytib, imtiyozli shartlar asosida kredit olib berish evaziga uning 4,9 mln so‘mini qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring