Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

So‘xda aholi uchun ajratilgan ko‘mir talon-toroj qilindi

So‘xda aholi uchun ajratilgan ko‘mir talon-toroj qilindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltiariq tuman bo‘limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda «K.t.» MChJ Farg‘ona viloyati filiali So‘x ko‘mir ombori mudiri U.A. va boshqalar tumandagi 7 ta MFY uchun ajratilgan ko‘mirni go‘yoki aholiga yetkazib berilganligi haqida soxta hujjatlarni rasmiylashtirishib, jami 300,5 tonna ko‘mirni boshqa shaxslarga bozor narxida sotib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring