«Sibir tog‘ echkisini ovlashda qonunbuzilish aniqlanmadi» — Ekologiya boshqarmasi
Ijtimoiy tarmoqlarda yirik Sibir tog‘ echkisini ovlab, uning videosini instagramiga joylagan ovchi haqida xabarlar tarqalib, turli talqinlarga sabab bo‘ldi.
Holat Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Bo‘stonliq tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘rganilgan.
Qayd etilishicha, ovchi I.R. tomonidan Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligiga tegishli N000014-sonli tog‘ echkisi (taka) uchun berilgan ruxsatnoma bilan 2023 yil 14 dekabr kuni 100 kg atrofida bo‘lgan tog‘ echkisini o‘ziga tegishli bo‘lgan ov quroli bilan ovlaganligi aniqlangan.Ovlagan tog‘ echkisini ukasi, ovchi I.D. bilan birgalikda olib ketayotgan jarayonini ijtimoiy tarmoqqa joylagan.
«Mazkur holat bo‘yicha davlat inspektorlari tomonidan batafsil o‘rganilib chiqilganda ov jarayonida barcha qonun va qoidalarga rioya qilinganligi hamda qonunbuzilish holati kuzatilmaganligi aniqlandi», deyiladi Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter