«Shirin yo‘l»: AQShda 13 ming litr shokolad ko‘chaga to‘kilib ketdi

AQShning Arizona shtatida suyuq shokolad tashuvchi yuk avtomashinasi ag‘darilib ketdi. Bu haqda mahalliy jamoatchilik xavfsizligi boshqarmasi xabar bergan.
— Shokolad daryosi Flagstaff shahridan sharqqa ketuvchi yo‘lni to‘sib qo‘ydi», — deyiladi boshqarmaning «Twitter»dagi sahifasida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avtotsisternada taxminan 13 ming litr suyuq shokolad bo‘lgan. Yo‘lni to‘liq tozalashga to‘rt soat ketgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter