Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shippaklari tillodan: O‘shda taqinchoqlarni poyafzalida yashirgan o‘zbekistonliklar ushlandi

Shippaklari tillodan: O‘shda taqinchoqlarni poyafzalida yashirgan o‘zbekistonliklar ushlandi

O‘sh aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik ayol 93 ming dollarlik qiymatdagi tilla taqinchoq kontrabandasi bilan qo‘lga olindi.

Istanbuldan uchgan  K.M. va T.G.Sh. tekshiruv jarayonida poyafzallari ichiga 179 dona tilla zanjir va 52 dona bilakuzukni mohirlik bilan qadoqlagani fosh bo‘lgan. Jami taqinchoqlarning vazni 2 kilogramm 406 gramm ekani aniqlangan.

Qirg‘iziston bojxona xizmati saytida yozilishicha, o‘zbekistonliklar oyog‘i ostida  keltirilgan oltin probasi — 585.

O‘zbekistonlik ayollar, jinoyat ishi Qirg‘iziston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi uchun O‘sh viloyati prokuraturasiga olib borilgan.

Joriy yil o‘tgan oylarida Qirg‘iziston va O‘zbekistonni bog‘lab turgan to‘rtta yer osti yo‘li topilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring