Shahrisabzda «Yermulkkadastri» xodimi pora ustida qo‘lga tushdi
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida Qashqadaryo viloyati «Yermulkkadastri» davlat korxonasi Shahrisabz tumani filiali bino-inshootlar bo‘limi mutaxassisi M.A. Shahrisabz tumani Bo‘zariq qishlog‘ida qurib bitirilgan L.O.ning uy-kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga undan 250 AQSh dollari talab qilgan.
200 AQSh dollarini shu yil 19-yanvar kuni olgani ma’lum bo‘lgan va qolgan 50 AQSh dollarini olayotganida 8 fevral kuni Shahrisabz shahridagi «Yangi Kesh» dehqon bozori oldida qo‘lga tushgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter